U zotning huzurida faqat O`zi izn berganlardan boshqaning shafoati manfaat bermas. Toki qalblaridan qo`rqinch ketgach: «Robbingiz nima dedi?» – derlar. «Haqni», derlar. U oliy va buyuk Zotdir. Saba 34:23 ⧉
Tafsir:
Alloh taoloning dargohida hech kimning shafoati oʻtmaydi. Oʻzi izn berganlargina bundan mustasno boʻladi. Alloh Oʻzi rozi boʻlgan zotgagina shafoat qilishiga izn beradi. Alloh Ulugʻdir. Ulugʻligining bir koʻrinishi shundaki, U samoda gapirsa, farishtalar egilib, qanotlarini qoqib yuboradilar. Ularning qalblaridan qoʻrquv ketaganidan keyin Jabroil alayhissalomdan: "Parvardigoringiz nima dedi?", deb soʻraydilar. Shunda Jabroil alayhissalom: "Haqni", deb javob beradi. U Oʻz zotiyu qahrida Oliydir. U Ulugʻdirki, hamma narsa Uning oldida maydadir.