Sen: «Sizga osmonlaru yerdan kim rizq beradir?» – deb ayt. Sen: «Alloh. Va albatta, biz yoki siz hidoyatda yoxud ochiq-oydin zalolatdadirmiz», deb ayt. Saba 34:24 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi mushriklarga ayting: "Kim sizlarga osmonlardan yomgʻir yogʻdirib, yerdan ekinlaru mevalar oʻstirib rizq beradi?". Ayting: "Alloh rizq beradi. Ey mushriklar, bizlar yoki sizlar yo hidoyatda boʻlamiz va yo ochiq zalolatda. Yo bizlar va yo sizlar. Ikkimizdan birimiz aniq hidoyatdamiz va ikkimizdan birimiz aniq zalolatdamiz. Shak-shubha yoʻqki, moʻminlar hidoyatdadirlar. Zalolat ahli esa mushriklardir.