U, yerga nima kirsa va undan nima chiqsa, biladir, osmondan nima tushsa va unga nima chiqsa, biladir. Va U o`ta rahimli va o`ta mag`firatli Zotdir. Saba 34:2 ⧉
Tafsir:
U suv va oʻsimliklar kabi yerga kiradigan narsalarni ham, giyohlar kabi undan chiqadigan narsalarni ham, yomgʻir, farishtalar, rizq kabi osmondan tushadigan narsalarni ham, farishtalar, bandalarning amallari va ruhlari kabi unga koʻtariladigan narsalarni ham biladi. U moʻmin bandalariga Mehribon, tavba qiluvchilarga esa Magʻfiratli Zotdir.