Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Saba — Oyat 3 (Oʻzbekcha) — Video

Saba • Oyat 54 dan 3 • Oʻzbekcha


وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَا تَأْتِينَا السَّاعَةُ ۖ قُلْ بَلَىٰ وَرَبِّي لَتَأْتِيَنَّكُمْ عَالِمِ الْغَيْبِ ۖ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ وَلَا أَصْغَرُ مِنْ ذَٰلِكَ وَلَا أَكْبَرُ إِلَّا فِي كِتَابٍ مُبِينٍ 3
Tarjima:
Kufr keltirganlar: «Bizga soat (qiyomat) kelmas», dedilar. Sen: «Yo`q! Foyibni bilguvchi Robbim ila qasamki, u sizlarga albatta kelur. U zotdan osmonlaru yerdagi zarra vaznicha, undan kichik narsa ham, katta narsa ham g`oyib bo`lmas. Illo, hammasi ochiq kitobdadir», deb ayt. Saba 34:3
Tafsir:
Allohga kufr keltirganlar: "Bizga Qiyomat kelmas", dedilar. Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Yoʻq! Allohga qasamki, u aniq keladi. Lekin uning qachon kelishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Alloh Qiyomatga aloqador gʻayb ishlarini ham, boshqa narsalarni ham Bilguvchi Zotdir. Osmonlaru yerdagi biron zarra ham, bir chumoli ham, shulardan kichikroq narsa ham, kattaroq narsa ham U Zotning etiboridan chetda qolmas. To Qiyomatgacha boʻladigan ishlarning hammasi Ochiq Kitobda, yani, Lavhul-Mahfuzda yozib qoʻyilgan.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Saba • Oyat 2 Keyingi Saba • Oyat 4