Sen: «Albatta, Robbim xohlagan kishisiga rizqni keng qilur va tor qilur. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar», deb ayt. Saba 34:36 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, anavi boyligi bilan kerilib yurganlarga ayting: "Parvardigorim Oʻzi istagan bandasiga rizqni keng qilib beradi. Bu bilan uni sinaydi. Shukr qiladimi, kufr keltiradimi, aniqlaydi. Oʻzi istagan bandasining rizqini tang qiladi. Bu bilan ham uni sinaydi. Sabr qiladimi, norozi boʻladimi, aniqlaydi. Lekin koʻp odamlar Allohning har bir ishni yetuk hikmat bilan qiladigan Hakim zot ekanini bilmaydilar".