Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Saba — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Saba • Oyat 54 dan 37 • Oʻzbekcha


وَمَا أَمْوَالُكُمْ وَلَا أَوْلَادُكُمْ بِالَّتِي تُقَرِّبُكُمْ عِنْدَنَا زُلْفَىٰ إِلَّا مَنْ آمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَأُولَٰئِكَ لَهُمْ جَزَاءُ الضِّعْفِ بِمَا عَمِلُوا وَهُمْ فِي الْغُرُفَاتِ آمِنُونَ 37
Tarjima:
Na molu dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni Bizning huzurimizga yaqin qila olmas. Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan bo`lsa, ana o`shalargagina qilgan amallari tufayli ko`paytirilgan mukofot bordir. Ular (jannat) boloxonalarida omonlikdadirlar. Saba 34:37
Tafsir:
Faxrlanayotgan mol-davlatlaringiz ham, bola-chaqalaringiz ham sizlarni Allohning rizosiga olib bormaydi. Allohga iymon keltirib, solih amallar qilgan zotlargina bir necha barobar koʻp ajru savoblarga erishurlar. Ularga Alloh yoʻlida sarflagan mol-davlatlari va ularning haqiga duo qiladigan farzandlari asqotadi. Ana oʻshalarga qilgan yaxshi ishlari uchun ajru mukofotlar bir necha barobar koʻp qilib berilur. Ular jannatdagi oliy maskanlarda azob, oʻlim, nematlarning tugab qolishi kabi xavfu xatardan xoli boʻlib, tinch-xotirjam yashaydilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Saba • Oyat 36 Keyingi Saba • Oyat 38