Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fotir — Oyat 13 (Oʻzbekcha) — Video

Fotir • Oyat 45 dan 13 • Oʻzbekcha


يُولِجُ اللَّيْلَ فِي النَّهَارِ وَيُولِجُ النَّهَارَ فِي اللَّيْلِ وَسَخَّرَ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِي لِأَجَلٍ مُسَمًّى ۚ ذَٰلِكُمُ اللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ الْمُلْكُ ۚ وَالَّذِينَ تَدْعُونَ مِنْ دُونِهِ مَا يَمْلِكُونَ مِنْ قِطْمِيرٍ 13
Tarjima:
U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qo`ygandir. Har biri belgilangan muddatgacha yuradir. Ana shu Alloh Robbingizdir. Mulk Unikidir. Undan o`zga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak po`stlog`iga ham molik emaslar. Fotir 35:13
Tafsir:
Alloh kechani kunduzga kiritib, kunduzni esa kechaga kiritib, hali unisini, hali bunisini uzaytirib turadi. Quyosh va oyni boʻysundirib qoʻygan. Ulardan har biri Alloh belgilab qoʻygan muddatgacha, yani, Qiyomat kunigacha yuradi. Shu ishlarni qilgan Allohdir, Parvardigoringizdir. Mulk yolgʻiz Unikidir. Uni qoʻyib, iltijo qilayotgan butlaringiz esa bir xurmo danagining poʻstlogʻiga ham molik emaslar. Shunday ekan, qanday qilib ularga ibodat qilasizlar?!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fotir • Oyat 12 Keyingi Fotir • Oyat 14