Ular jon-jahdlari bilan, agar o`zlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan ko`ra hidoyatli bo`lishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar. Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi. Fotir 35:42 ⧉
Tafsir:
Haqni tan olmay, uni yolgʻonga chiqargan anavi kofirlar Alloh tarafidan bir paygʻambar kelib, ularni Allohning azobidan ogohlantirsa, yahudiy va nasroniylardan koʻra koʻproq haqqa ergashishlari haqida Alloh nomiga juda qattiq qasam ichdilar. Muhammad alayhissalom paygʻambar boʻlib kelib, ularni Allohning azobidan ogohlantirganidan keyin esa haqdan yanada uzoqlashib, botilga yanada qapishdilar. Ichgan qasamlariga vafo qilmadilar.