Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fatir — Oyat 43 (Oʻzbekcha) — Video

Fatir • Oyat 45 dan 43 • Oʻzbekcha


اسْتِكْبَارًا فِي الْأَرْضِ وَمَكْرَ السَّيِّئِ ۚ وَلَا يَحِيقُ الْمَكْرُ السَّيِّئُ إِلَّا بِأَهْلِهِ ۚ فَهَلْ يَنْظُرُونَ إِلَّا سُنَّتَ الْأَوَّلِينَ ۚ فَلَنْ تَجِدَ لِسُنَّتِ اللَّهِ تَبْدِيلًا ۖ وَلَنْ تَجِدَ لِسُنَّتِ اللَّهِ تَحْوِيلًا 43
Tarjima:
Yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr uchun (qildilar). Yomon makr esa, faqat o`z egasiga qaytadir. Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor bo`lmoqdalar, xolos. Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan. Allohning sunnatiga hargiz o`zgartirish topa olmassan. Fatir 35:43
Tafsir:
Ular yaxshi niyat bilan toʻgʻri maqsaddda qasam ichmadilar. Yer yuzida mutakabbirlik qilish va odamlarni aldash uchun ichdilar. Yomon makr esa uni qilgan makkorlar boshiga yetadi, xolos. Endi anavi makkor mutakabbirlar Allohning oʻzgarmas qonuniyatini kutmoqdalarmi?! Yani, oldingilar halokatga uchraganlaridek, oʻzlari ham halok boʻlishlarini poylab oʻtiribdilarmi?! Allohning mutakabbirlarni yer bilan yakson qilish borasidagi sunnatiga-yoʻliga badal topa olmassiz. Ularni boshqalar boshiga tushadigan qilib oʻzgartirib ham boʻlmas. Zero, ular ilohiy barqaror sunnatlardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fatir • Oyat 42 Keyingi Fatir • Oyat 44