Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fotir — Oyat 44 (Oʻzbekcha) — Video

Fotir • Oyat 45 dan 44 • Oʻzbekcha


أَوَلَمْ يَسِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَيَنْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ وَكَانُوا أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً ۚ وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيُعْجِزَهُ مِنْ شَيْءٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ ۚ إِنَّهُ كَانَ عَلِيمًا قَدِيرًا 44
Tarjima:
Axir, ular yer yuzida yurib o`zlaridan oldin o`tganlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar bulardan ko`ra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na yerda biror narsa Allohni ojiz qoldira olmas. Albatta, U zot o`ta ilmli va o`ta qodirdir. Fotir 35:44
Tafsir:
Sizni yolgʻonga chiqarayotgan Quraysh mushriklari yer yuzini aylanib yurib, oldingi haqni tan olmaganlarning oqibati qanday boʻlgani haqida fikr yuritsalar boʻlmasmi? Axir ular alaloqibatda halokatga uchramanganmidilar? Holbuki, ular Qurayshdan koʻra quvvatliroq edilar. Na osmonlardagi va na yerdagi biron narsa Allohning nazaridan chetda qolmas. U Zot hammasini koʻrib-bilib turadi. Haqni tan olmay, uni yolgʻonga chiqarayotganlarning har bir ishidan Xabardor. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. Alloh istagan paytda ularni halok etishga ham Qodir Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fotir • Oyat 43 Keyingi Fotir • Oyat 45