Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Fotir — Oyat 45 (Oʻzbekcha) — Video

Fotir • Oyat 45 dan 45 • Oʻzbekcha


وَلَوْ يُؤَاخِذُ اللَّهُ النَّاسَ بِمَا كَسَبُوا مَا تَرَكَ عَلَىٰ ظَهْرِهَا مِنْ دَابَّةٍ وَلَٰكِنْ يُؤَخِّرُهُمْ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى ۖ فَإِذَا جَاءَ أَجَلُهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِعِبَادِهِ بَصِيرًا 45
Tarjima:
Agar Alloh odamlarni qilganlariga yarasha oladigan bo`lsa, yer ustida qimir etgan jonivorni qo`ymas edi. Lekin ularni belgilangan muddatgacha qo`yib qo`yur. O`sha ajallari kelganda esa... Bas, albatta, Alloh bandalarini ko`rib turguvchi Zotdir. Fotir 35:45
Tafsir:
Agar Alloh insonlarni qilgan gunohlariga yarasha tez jazolaganida yer yuzidagi barcha jonzotni bironta ham qoldirmasdan bir zumda halok etgan boʻlardi. Lekin Alloh ularni Oʻzi bilgan bir muddatga, yani, Qiyomat kunigacha kechiktirib turadi. Qiyomat kuni kelgach, ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi. Zero, Alloh bandalarini koʻrib turguvchidir. Biron ish U Zotdan yashirin qola olmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Fotir • Oyat 44 Keyingi Yosin • Oyat 1