Ular: «Robbimiz biladi. Albatta, biz sizlarga yuborilgan Payg`ambarlarmiz», dedilar. Yosin 36:16 ⧉
Tafsir:
Uch paygʻambar shahar aholisiga shunday javob berdilar: "Biz sizlarga yuborilgan paygʻambarlar ekanimizni Parvardigorimiz biladi. Shuning oʻzi biz uchun yetarli hujjatdir".