Ular: «Siz bizga o`xshagan bashardan boshqa narsa emassiz. Rohman hech narsa nozil qilgani yo`q. Sizlar faqat yolg`on so`zlamoqdasiz, xolos», dedilar. Yosin 36:15 ⧉
Tafsir:
Shahar aholisi paygʻambarlarga shunday dedilar: "Sizlar oʻzimizga oʻxshagan odamdan boshqa narsa emassiz. Bizdan ortiq joyingiz yoʻq. Rahmon sizlarga hech qanday vahiy nozil qilmagan. Sizlar bu davoyinglar bilan gʻirt yolgʻon gapiryapsizlar, Allohga tuhmat qilyapsizlar".