Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Az-Zumar — Oyat 71 (Oʻzbekcha) — Video

Az-Zumar • Oyat 75 dan 71 • Oʻzbekcha


وَسِيقَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِلَىٰ جَهَنَّمَ زُمَرًا ۖ حَتَّىٰ إِذَا جَاءُوهَا فُتِحَتْ أَبْوَابُهَا وَقَالَ لَهُمْ خَزَنَتُهَا أَلَمْ يَأْتِكُمْ رُسُلٌ مِنْكُمْ يَتْلُونَ عَلَيْكُمْ آيَاتِ رَبِّكُمْ وَيُنْذِرُونَكُمْ لِقَاءَ يَوْمِكُمْ هَٰذَا ۚ قَالُوا بَلَىٰ وَلَٰكِنْ حَقَّتْ كَلِمَةُ الْعَذَابِ عَلَى الْكَافِرِينَ 71
Tarjima:
Va kufr keltirganlar jahannamga guruh-guruh qilib haydaldi. Toki unga yetib kelgan chog`larida, uning eshiklari ochildi va uning qo`riqchilari ularga: «Sizlarga o`zingizdan bo`lgan Payg`ambarlar kelib, Robbingiz oyatlarini tilovat qilib bermadilarmi? Sizlarni ushbu kuningizga duchor bo`lishingizdan ogohlantirmadilarmi?!» – dedilar. Ular: «Ha! Lekin azob so`zi kofirlar ustiga haq bo`lgandir», dedilar. Az-Zumar 39:71
Tafsir:
Farishtalar kofirlarni jahannamga guruh-guruh qilib, xorlab haydab bordilar. Doʻzax oldiga yetib borganlarida eshiklari ochildi va qoʻriqchi farishtalar ularga gʻazab bilan: "Sizlarga oʻzingizdan boʻlgan paygʻambarlar kelib, Parvardigoringizning oyatlarini tilovat qilib bermaganmidi va sizlarni mana shu Qiyomat kunidagi uchrashuvdan, undagi azobu uqubatlardan ogohlantirmaganmidi?!", dedilar. Shunda kofirlar xatolarini tan olib: "Ha, shunday boʻlgandi! Lekin azob soʻzi kofirlar ustiga haq boʻlgandir va biz kofirlar boʻlgandik", dedilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Az-Zumar • Oyat 70 Keyingi Az-Zumar • Oyat 72