«Jahannam eshiklaridan unda abadiy qolguvchi bo`lgan holingizda kiring», deyildi. Bas, mutakabbirlarning joyi qanday ham yomon bo`ldi. Az-Zumar 39:72 ⧉
Tafsir:
Ularga Allohning rahmatidan hech qanday umid qoldirmasdan shuday deyiladi: "Jahannam eshiklaridan u yerda abadiy qoladigan boʻlib kiringlar!" Haqni etirof etishdan oʻzini katta olgan mutakabbirlarning joyi naqadar yomon, naqadar manfur joy!