Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 108 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 108 • Oʻzbekcha


يَسْتَخْفُونَ مِنَ النَّاسِ وَلَا يَسْتَخْفُونَ مِنَ اللَّهِ وَهُوَ مَعَهُمْ إِذْ يُبَيِّتُونَ مَا لَا يَرْضَىٰ مِنَ الْقَوْلِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطًا 108
Tarjima:
Odamlardan yashirarlar va Allohdan yashira olmaslar. Holbuki, U O`zi rozi bo`lmaydigan gapni xufyona kelishayotganlarida ham ular ila birgadir. Va Alloh ular qilayotgan amallarni ihota qiluvchi Zotdir. An-Nisa 4:108
Tafsir:
Jinoyatlarini qoʻrqqanlaridan va uyalganlaridan odamlardan yashiradilar. Allohdan esa yashirmaydilar. Alloh har doim ular bilan birgadir. Ularni ihota qilib turadi. Jinoyatchining yonini olish va begunohga qora chaplash kabi Alloh rozi boʻlmaydigan ishlarni xufyona tuzayotganlarida ham hammasidan xabardor boʻlib turadi. Alloh ularning ichidayu tashida qilayotgan hamma ishlarini qamrab olgandir. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi. Yaqinda amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 107 Keyingi An-Nisa • Oyat 109