Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 109 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 109 • Oʻzbekcha


هَا أَنْتُمْ هَٰؤُلَاءِ جَادَلْتُمْ عَنْهُمْ فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا فَمَنْ يُجَادِلُ اللَّهَ عَنْهُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ أَمْ مَنْ يَكُونُ عَلَيْهِمْ وَكِيلًا 109
Tarjima:
Hoy, sizlar! Bu hayoti dunyoda ularning yonini oldingiz. Qiyomat kunida Alloh oldida ularning yonini kim oladir yoki kim ularga vakil bo`ladir?! An-Nisa 4:109
Tafsir:
Mana sizlar jinoyatchilarga gʻamxoʻrlik qilib, bu dunyoda ularning tarafini olib, ularni oqlashga, jazodan qutqarib qolishga urindinglar. Endi qiyomat kunida aslida nima boʻlganidan xabardor Zot qarshisida turganlarida kim ularning yonini olib, Allohdan himoya qila oladi?! Oʻsha dahshatli kunda kim ularga vakil boʻla oladi?! Muhaqqaqki, hech kim bu ishni qila olmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 108 Keyingi An-Nisa • Oyat 110