Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 127 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 127 • Oʻzbekcha


وَيَسْتَفْتُونَكَ فِي النِّسَاءِ ۖ قُلِ اللَّهُ يُفْتِيكُمْ فِيهِنَّ وَمَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فِي الْكِتَابِ فِي يَتَامَى النِّسَاءِ اللَّاتِي لَا تُؤْتُونَهُنَّ مَا كُتِبَ لَهُنَّ وَتَرْغَبُونَ أَنْ تَنْكِحُوهُنَّ وَالْمُسْتَضْعَفِينَ مِنَ الْوِلْدَانِ وَأَنْ تَقُومُوا لِلْيَتَامَىٰ بِالْقِسْطِ ۚ وَمَا تَفْعَلُوا مِنْ خَيْرٍ فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِهِ عَلِيمًا 127
Tarjima:
Sendan ayollar haqida fatvo so`rarlar. «Alloh sizga ular haqida va kitobda tilovat qilinadigan, siz ularga tayin qilingan narsani bermay nikohiga rag`bat qilganingiz ayollar haqida, zaifhol bolalar haqida va yetimlarga adolat qilmog`ingiz haqida fatvo beradir», deb ayt. Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni biluvchi Zotdir. An-Nisa 4:127
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, sizdan ayollar masalasi haqida, ularning majburiyatlari va haq-huquqlari haqida soʻraydilar. Aytingki, buni sizlarga Alloh va Quronda kelgan oyatlar bayon qilur. Qoʻl ostingizdagi yetim qizlar borasidaki, ularga Alloh farz qilgan mahrni ham, merosni ham bermaysizlar, ularga uylanishni ham istamaysizlar, yana ularning mol-davlatidan umidvor boʻlib, turmushga chiqishlariga ham toʻsqinlik qilasizlar. Alloh va Qurondagi oyatlar bayon qiladiki, kichik yoshli zaifalarning merosdan oladigan haqlarini beringlar, ularga zoʻravonlik qilib, mol-davlatlarini egallab olmanglar, yetimlarga adolat qilib, ularning dunyo va oxiratdagi ahvolini isloh qiladigan ishlarni bajaringlar. Yetimlarga va boshqalarga nima yaxshilik qilsangizlar, Alloh hammasini koʻrib-bilib turadi va yaqinda amalingizga yarasha mukofotingizni beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 126 Keyingi An-Nisa • Oyat 128