Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 128 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 128 • Oʻzbekcha


وَإِنِ امْرَأَةٌ خَافَتْ مِنْ بَعْلِهَا نُشُوزًا أَوْ إِعْرَاضًا فَلَا جُنَاحَ عَلَيْهِمَا أَنْ يُصْلِحَا بَيْنَهُمَا صُلْحًا ۚ وَالصُّلْحُ خَيْرٌ ۗ وَأُحْضِرَتِ الْأَنْفُسُ الشُّحَّ ۚ وَإِنْ تُحْسِنُوا وَتَتَّقُوا فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا 128
Tarjima:
Agar ayol kishi o`z eridan nafrat va yuz o`girish sodir bo`lishidan qo`rqsa, ikkovlari o`zaro sulhga kelishishlarida gunoh yo`q. Sulh yaxshidir. Nafslar qizg`anishga hozirdir. Agar yaxshilik va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardor Zotdir. Niso 4:128
Tafsir:
Agar bir ayol eri koʻngilsiz boʻlib, uni yomon koʻrib qolishidan qoʻrqsa, har ikkisi oʻzaro sarf-xarajat va birga tunash kabi ayrim huquqlaridan voz kechish orqali biron sulhga kelishlarida gunoh yoʻq. Taloqdan koʻra sulh yaxshiroqdir. Nafs xudbinlikka, baxillikka moyil boʻlib, oʻz haqqidan kechishga hech rozi boʻlmaydi. Shuning uchun er-xotin uni tarbiyalab-davolab, bagʻrikenglik va oliyjanoblikka oʻrgatishlari lozim. Agar hamma ishlaringizni shariat asosida puxta bajarsangiz hamda Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilsangiz, Alloh qilayotgan hamma ishlaringizdan xabardor boʻlib turibdi. Biron narsa U Zotdan yashirin qolmaydi va yaqinda sizlarni qilgan amallaringizga yarasha mukofotlaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 127 Keyingi Niso • Oyat 129