Agar rosa harakat qilsangiz ham, xotinlar o`rtasida adolatli bo`la olmassizlar. Bir yo`la moyil bo`lib ketib, (ba'zisini) muallaqqa o`xshatib qo`ymang. Agar isloh va taqvo qilsangiz, albatta, Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. An-Nisa 4:129 ⧉
Tafsir:
Ey erlar, har qancha urinmangiz, qalb masalasida ayollaringiz oʻrtasida toʻla adolat qila olmaysiz. Bu ishda sizlarning irodangizdan tashqaridagi sabablar ham bor. Shuning uchun yoqtirmay qolgan ayolingizdan butunlay yuz oʻgirib, uni xuddi bir eri bor-yoʻqligi arosat boʻlgan muallaq kabi tashlab qoʻymangiz. Erim bor desa, u er erligini qilmaydi yoki erim yoʻq deb, boshqa turmush ham qilolmaydi. Oʻzingizni isloh qilib, nafsingizni er-xotinlik haqqini ado qilishga majburlay olsangiz va Allohdan taqvo qilsangiz, Alloh gunohlaringizni kechiradigan mehribon Zotdir.