Agar ajrashsalar, Alloh O`z fazlidan har birini behojat qilur. Alloh fazli keng va hikmatli Zotdir. An-Nisa 4:130 ⧉
Tafsir:
Er-xotin bir taloq yoki xul bilan ajrashsalar, Alloh har ikkisini Oʻzining keng fazli ila behojat qilur. Alloh fazlu marhamati keng, tadbirini ham, taqdirini ham hikmat bilan (joriy) qilguvchi dono Zotdir.