Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 131 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 131 • Oʻzbekcha


وَلِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ وَلَقَدْ وَصَّيْنَا الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ مِنْ قَبْلِكُمْ وَإِيَّاكُمْ أَنِ اتَّقُوا اللَّهَ ۚ وَإِنْ تَكْفُرُوا فَإِنَّ لِلَّهِ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۚ وَكَانَ اللَّهُ غَنِيًّا حَمِيدًا 131
Tarjima:
Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Batahqiq, Biz sizdan oldin kitob berilganlarga ham, sizga ham: «Allohga taqvo qilinglar», deb vasiyat qildik. Agar kufr keltirsangiz, albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Va Alloh behojat va maqtalgan Zotdir. An-Nisa 4:131
Tafsir:
Osmonlaru yerdagi hamma-hamma narsa yolgʻiz Allohning mulkidir. Yahudiylar va nasorolar kabi ahli kitoblardan ham, sizlardan ham Allohning buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish borasida ahd oldik. Shu ahdga vafo qilmasangiz, faqat oʻzingizga zarar qilasiz. Zero, osmonlaru yerdagi hamma narsa Allohning mulkidir va U sizlarning toat-ibodatingizdan ham, hamma maxluqotlardan ham behojat hamda barcha sifatlariyu amallarida maqtovga loyiq Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 130 Keyingi An-Nisa • Oyat 132