Kim bu dunyo savobini istasa, bilsinki, Allohning huzurida ham bu dunyoning, ham u dunyoning savobi bordir. Va Alloh eshituvchi va ko`ruvchi Zotdir. An-Nisa 4:134 ⧉
Tafsir:
Ey odamlar, kim qilgan amali uchun faqat shu dunyoning savobini istasa, bilsinki, dunyoning savobi ham, oxiratning savobi ham Alloh huzuridadir. Shunday ekan, U Zotdan har ikkisining savobini soʻrayversin. Alloh gap-soʻzlaringizni eshitib, amallaringizni koʻrib-bilib turgan Zotdirki, yaqinda ularga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur.