Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 135 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 135 • Oʻzbekcha


يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُونُوا قَوَّامِينَ بِالْقِسْطِ شُهَدَاءَ لِلَّهِ وَلَوْ عَلَىٰ أَنْفُسِكُمْ أَوِ الْوَالِدَيْنِ وَالْأَقْرَبِينَ ۚ إِنْ يَكُنْ غَنِيًّا أَوْ فَقِيرًا فَاللَّهُ أَوْلَىٰ بِهِمَا ۖ فَلَا تَتَّبِعُوا الْهَوَىٰ أَنْ تَعْدِلُوا ۚ وَإِنْ تَلْوُوا أَوْ تُعْرِضُوا فَإِنَّ اللَّهَ كَانَ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرًا 135
Tarjima:
Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing hamda agar o`zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo`lsa ham, Alloh uchun to`g`ri guvohlik beruvchi bo`ling. Agar u boy bo`lsa ham, kambag`al bo`lsa ham, Alloh unga yaqinroqdir. Havoyi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o`girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir. An-Nisa 4:135
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirgan va Paygʻambar alayhissalomga ergashgan moʻminlar, hamma haolatda ham adolat bilan turingiz. Hammaga, hatto oʻzingizga, ota-onangizga, qarindoshlaringizga qarshi boʻlsa ham haqni gapirib guvohlik bering. Kimningdir kambagʻalligi yoki boyligi sizni guvohlik berishga yoki bermaslikka olib bormasin. Boyni ham, kambagʻalni ham Allohning Oʻzi koʻproq taniydi va ular uchun nima yaxshi boʻlishini juda yaxshi biladi. Shunday boʻlgach, guvohlik berishda havoyi nafsingizga ergashib, haqdan yuz oʻgirmangiz. Notoʻgʻri guvohlik bersangiz yoki toʻgʻri guvohlik berishdan bosh tortsangiz, bilingizki, Alloh qilayotgan ishlaringizdan xabardor boʻlgan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 134 Keyingi An-Nisa • Oyat 136