Ular mo`minlarni qo`yib, kofirlarni do`st tutadiganlardir. Ularning oldida izzat, kuch-qudrat izlaydilarmi? Albatta, izzat, kuch-qudratning barchasi Allohning huzuridadir. Niso 4:139 ⧉
Tafsir:
Ularga bu azob nima uchun? Chunki ular moʻminlarni qoʻyib, kofirlarni oʻzlariga doʻst, hamkor tutdilar. Ajabo! Kuch-qudratni, himoyani oʻshalardan izlayaptilarmi? Ovora boʻladilar. Zero, izzatu kuch-qudratning hammasi Allohnikidir.