Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 140 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 140 • Oʻzbekcha


وَقَدْ نَزَّلَ عَلَيْكُمْ فِي الْكِتَابِ أَنْ إِذَا سَمِعْتُمْ آيَاتِ اللَّهِ يُكْفَرُ بِهَا وَيُسْتَهْزَأُ بِهَا فَلَا تَقْعُدُوا مَعَهُمْ حَتَّىٰ يَخُوضُوا فِي حَدِيثٍ غَيْرِهِ ۚ إِنَّكُمْ إِذًا مِثْلُهُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ جَامِعُ الْمُنَافِقِينَ وَالْكَافِرِينَ فِي جَهَنَّمَ جَمِيعًا 140
Tarjima:
Batahqiq, sizlarga kitobda: «Allohning oyatlariga kufr keltirilgan va ularni istehzo qilingan chog`da, boshqa gapga o`tmagunlaricha, ular bilan o`tirmanglar», deb tushirdi. Agar o`tirsangiz, siz ham ularga o`xshashsiz. Albatta, Alloh munofiq va kofirlarning hammasini jahannamda jamlovchidir. Niso 4:140
Tafsir:
Ey moʻminlar, Alloh sizlarga Quroni karimda: "Biron majlisda kimdir Allohning oyatlarini inkor va masxara qilayotganini eshitsangizlar, to gap boshqa sohaga oʻtguniga qadar u joyni tark qilishingiz vojibdir", degan soʻzlarni nozil qildi. Allohning oyatlari inkor va masxara qilinayotganini eshitib turib ham joyingizdan jilmasangiz, Allohning buyrugʻiga itoat qilmaslikda ular bilan bir xil boʻlib qolasizlar. Ular inkoriyu masxarasi bilan itoatsizlik qilgan boʻlsa, sizlar uni bemalol eshitib oʻtiraverish bilan itoatsizlik qilgan boʻlasizlar. Alloh kufrini yashirib, oʻzini musulmon qilib koʻrsatgan munofiqlar bilan kofirlarni qiyomat kunida jahannam oʻtida bir joyga toʻplaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 139 Keyingi Niso • Oyat 141