Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 141 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 141 • Oʻzbekcha


الَّذِينَ يَتَرَبَّصُونَ بِكُمْ فَإِنْ كَانَ لَكُمْ فَتْحٌ مِنَ اللَّهِ قَالُوا أَلَمْ نَكُنْ مَعَكُمْ وَإِنْ كَانَ لِلْكَافِرِينَ نَصِيبٌ قَالُوا أَلَمْ نَسْتَحْوِذْ عَلَيْكُمْ وَنَمْنَعْكُمْ مِنَ الْمُؤْمِنِينَ ۚ فَاللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ وَلَنْ يَجْعَلَ اللَّهُ لِلْكَافِرِينَ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ سَبِيلًا 141
Tarjima:
Ular sizlarni kuzatib tururlar. Sizlarga Alloh tomonidan fath bo`lsa: «Sizlar bilan birga emasmidik?!» derlar. Agar kofirlarga nasiba bo`lsa: «Sizlarga ustun kelib, mo`minlardan himoya qilmadikmi?» derlar. Alloh qiyomat kuni ular orasida hukm qilur. Alloh hargiz kofirlarga mo`minlar ustidan yo`l bermas. An-Nisa 4:141
Tafsir:
Ular sizlarning gʻalabangizni ham, magʻlubiyatingizni ham kuzatib-poylab turadilar. Alloh tarafidan sizlarga zafar kelib, oʻljalarni qoʻlga kirita boshlasangizlar, oʻljalarga sherik boʻlish uchun: "Sizlar bilan birga yelkama-yelka turmaganmidik?", deyishadi. Gʻalaba kofirlarga nasib boʻlsa, ularga qarab: "Sizlarni biz boshqarib, ishlaringizga bosh-qosh boʻlib, moʻminlardan himoya qilib turmaganmidik?", deyishadi. Qiyomat kunida hammangizning oʻrtangizda Allohning Oʻzi hakamlik qiladi. Moʻminlarga jannatni mukofot qilib beradi. Munofiqlarni esa doʻzaxning tubiga uloqtirib jazolaydi. Alloh Oʻz fazli ila qiyomat kuni kofirlar uchun moʻminlarga qarshi biron hujjatni hargiz qoldirmaydi. Modomiki, moʻminlar iymoniga sodiq qolib, shariatga amal qilar ekanlar, oqibatni faqat ularga xos qilib qoʻyadi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 140 Keyingi An-Nisa • Oyat 142