Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 142 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 142 • Oʻzbekcha


إِنَّ الْمُنَافِقِينَ يُخَادِعُونَ اللَّهَ وَهُوَ خَادِعُهُمْ وَإِذَا قَامُوا إِلَى الصَّلَاةِ قَامُوا كُسَالَىٰ يُرَاءُونَ النَّاسَ وَلَا يَذْكُرُونَ اللَّهَ إِلَّا قَلِيلًا 142
Tarjima:
Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo`lurlar. Holbuki, Alloh ularni «aldovchi»dir. Agar namozga tursalar, dangasalik bilan, xo`jako`rsinga tururlar va Allohni kamdan-kam zikr qilurlar. An-Nisa 4:142
Tafsir:
Munofiqlar oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatib, kufrini yashirib, Allohni aldamoqchi boʻladilar. Allohning Oʻzi ularni aldab qoʻyibdi. Chunki U Zot ularning kofirligini bilib turib ham jonlarini asrab turibdi. Oxiratda esa ularga eng ogʻir azobni tayyorlab qoʻygan. Ular namozga tursalar, erinib, yoqtirmasdan, ixlossiz, xoʻjakoʻrsinga turadilar. Allohni kamdan-kam, moʻminlarga yoʻliqqan paytlaridagina yodga oladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 141 Keyingi An-Nisa • Oyat 143