Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 146 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 146 • Oʻzbekcha


إِلَّا الَّذِينَ تَابُوا وَأَصْلَحُوا وَاعْتَصَمُوا بِاللَّهِ وَأَخْلَصُوا دِينَهُمْ لِلَّهِ فَأُولَٰئِكَ مَعَ الْمُؤْمِنِينَ ۖ وَسَوْفَ يُؤْتِ اللَّهُ الْمُؤْمِنِينَ أَجْرًا عَظِيمًا 146
Tarjima:
Magar tavba qilib, solih amallar qilgan, Allohni mahkam ushlagan va Alloh uchun dinga ixlos qo`yganlar — ana o`shalar mo`minlar ila birgadirlar. Alloh, albatta, mo`minlarga ulug` ajr berur. Niso 4:146
Tafsir:
Munofiqligidan tavba qilib, Allohga qaytgan, botinini oʻnglab, Allohga bergan ahdini mahkam tutgan, amalini hech bir riyo aralashtirmasdan xolis Alloh uchun qilgan kishilar bundan mustasno. Ular bu dunyoda ham, oxiratda ham moʻminlar bilan bir safdadirlar. Yaqinda Alloh moʻminlarga koʻp-koʻp savoblar berur.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 145 Keyingi Niso • Oyat 147