Agar shukr qilsangiz va iymon keltirsangiz, Alloh sizni azoblab nima qiladir?! Alloh Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi) va biluvchi Zotdir. An-Nisa 4:147 ⧉
Tafsir:
Agar shukr qilsangizlar va iymon keltirsangizlar, Allohning sizlarni azoblashiga hojat qolmaydi. Zero, U faqat va faqat yaxshilik qilguvchi va rahmli Zotdirki, gunohlaringiz tufayligina sizlarni azoblaydi. Agar amallaringizni oʻnglab, bergan nematlariga shukr qilsangizlar va zohiru botinda U Zotga iymon keltirsangizlar, sizlarni hech qachon azoblamaydi. Alloh nematlarini etirof etadigan bandasiga ajru savoblarini koʻp-koʻp qilib beradigan Shokir hamda bandalarining iymonlarini bilib turadigan Alim Zotdirki, yaqinda hammaga amaliga yarasha jazo yoki mukofotini berur.