Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 148 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 148 • Oʻzbekcha


لَا يُحِبُّ اللَّهُ الْجَهْرَ بِالسُّوءِ مِنَ الْقَوْلِ إِلَّا مَنْ ظُلِمَ ۚ وَكَانَ اللَّهُ سَمِيعًا عَلِيمًا 148
Tarjima:
Alloh yomon gapni oshkor qilishni xush ko`rmas. Magar mazlumdan bo`lsa, mayli. Alloh eshituvchi va biluvchi Zotdir. An-Nisa 4:148
Tafsir:
Alloh yomon gapning oshkora aytilishini xush koʻrmaydi. Aksincha, undan gʻazablanadi va uning oqibati yomon boʻlishidan ogohlantiradi. Lekin bu ishning mazlum tarafidan boʻlishi joiz. Yani, mazlum zolim ustidan shikoyat qilib, uni duoyibad qilishi mumkin. Shunda ham sabr qilishi va oshokora qilmasligi afzalroq. Alloh gap-soʻzlaringizni eshitib turuvchi va niyatlaringizdan xabardor boʻlgan Zotdir. Shunday ekan, yomon gap aytishdan yoki uni qasd qilishdan ehtiyot boʻlinglar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 147 Keyingi An-Nisa • Oyat 149