Ana o`shalar, haqiqiy kofirlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlab qo`yganmiz. An-Nisa 4:151 ⧉
Tafsir:
Mana shu yoʻlni tutganlar haqiqiy kofirlardir. Negaki, paygʻambarlarning hammasiga yoki bir qismiga kufr keltirganlar Alloh va paygʻambarlariga kufr keltirgan boʻladilar. Biz Qiyomat kunida kofirlar uchun xor qiladigan azobni tayyorlab qoʻyganmiz. Bu ularning takabburlik qilib Alloh va paygʻambarlariga iymon keltirmaganlarining jazosidir.