Allohga va Uning Payg`ambarlariga iymon keltirganlarga va ularning birortasini ham ayirmaganlarga — ana o`shalarga ajrlarini albatta berurmiz. Va Alloh mag`firatli va rahimli Zotdir. An-Nisa 4:152 ⧉
Tafsir:
Allohga iymon keltirib, Unga tavhid uzra ibodat qilgan, U Zotga hech narsani shirk keltirmagan, paygʻambarlarning hammasini tasdiqlagan, hammasiga iymon keltirgan, ulardan birontasini ajratib qoʻymagan moʻminlarga shu iymonlari va solih amallari uchun yaqinda Alloh ulugʻ ajru savoblar ato etur. Alloh tavba qilgan bandasini kechiradigan, Rahmli Zotdir.