Va Biz senga bundan oldin qissalarini aytib bergan va qissalarini aytib bermagan Payg`ambarlarni yubordik. Va Alloh Muso ila o`ziga xos gaplashdi. An-Nisa 4:164 ⧉
Tafsir:
Biz sizga shunday paygʻambarlarni yubordikki, ular haqida sizga Quronda gapirib berdik. Yana shunday paygʻambarlarni ham yubordikki, ular haqida sizga (Quronda) qissa qilib bermadik. Qissa qilib bermaganimizda ham bir hikmat bor. Alloh Muso alayhissalom bilan bevosita gaplashdi. Bu suhbat har qanday nuqsondan pok Allohning buyukligiga yarashadigan haqiqiy gaplashish boʻlib, Muso alayhissalomning hurmati uchun boʻlgandi.