Biz senga xuddi Nuh va undan keyingi Payg`ambarlarga vahiy yuborganimizdek vahiy yubordik. Biz Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub, asbot, Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymonga vahiy yubordik. Dovudga esa Zaburni berdik. An-Nisa 4:163 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissolatu vassalom, Biz sizdan oldingi paygʻambarlarga vahiy yuborganimizdek sizga ham vahiy yubordik. Bu ish yangilik emas. Siz dastlabki paygʻambar emassiz. Biz Nuh alayhissalomga ham, u kishidan keyin kelgan paygʻambarlarga ham, Ibrohim alayhissalomga ham, u kishining ikki oʻgʻli Ismoil va Ishoq alayhimassalomga ham, Ishoqning oʻgʻli Yaqub alayhissalomga ham va u kishining avlodiga ham vahiy yuborganmiz. (Ular Yaqub alayhissalomning oʻgʻillaridan tarqagan Bani Isroilning oʻn ikki qabilasidagi paygʻambarlardir). Iyso, Ayyub, Yunus, Horun va Sulaymon alayhissalomlarga ham vahiy yuborganmiz. Dovudga esa kitobni - Zaburni ato etdik.