Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 162 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 162 • Oʻzbekcha


لَٰكِنِ الرَّاسِخُونَ فِي الْعِلْمِ مِنْهُمْ وَالْمُؤْمِنُونَ يُؤْمِنُونَ بِمَا أُنْزِلَ إِلَيْكَ وَمَا أُنْزِلَ مِنْ قَبْلِكَ ۚ وَالْمُقِيمِينَ الصَّلَاةَ ۚ وَالْمُؤْتُونَ الزَّكَاةَ وَالْمُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ أُولَٰئِكَ سَنُؤْتِيهِمْ أَجْرًا عَظِيمًا 162
Tarjima:
Lekin, ulardan ilmda mustahkam bo`lganlari va mo`minlari senga nozil bo`lgan narsaga va sendan oldin nozil bo`lgan narsaga iymon keltirurlar. Xususan, namozni qoim qiluvchilar, zakot beruvchilar, Allohga va oxirat kuniga iymon keltiruvchilar ham. Ana o`shalarga albatta ulug` ajr berurmiz. Niso 4:162
Tafsir:
Lekin, ey Paygʻambar alayhissalom, yahudiy va moʻminlarning ilmda sobitqadamlari Alloh sizga nozil qilgan Quronni ham, sizdan oldingi paygʻambarlarga nozil qilingan Tavrot va Injilni ham tasdiqlaydilar, namozni toʻkis ado etadilar, mollaridan zakot beradilar, Allohni sheriksiz yagona mabud deb biladilar, Qiyomat kuniga ishonadilar. Ana oʻshalarga yaqinda Biz ulugʻ ajru savoblar ato eturmiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 161 Keyingi Niso • Oyat 163