Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 26 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 26 • Oʻzbekcha


يُرِيدُ اللَّهُ لِيُبَيِّنَ لَكُمْ وَيَهْدِيَكُمْ سُنَنَ الَّذِينَ مِنْ قَبْلِكُمْ وَيَتُوبَ عَلَيْكُمْ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 26
Tarjima:
Alloh sizlarga bayon qilib berishni, sizni oldingilarning yo`liga hidoyat qilishni va tavbalaringizni qabul etishni xohlaydir. Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir. An-Nisa 4:26
Tafsir:
Alloh sizlarga shu hukmlarni shariatlashtirish bilan sizlarga diniy va shariy talim berishni, sizlarni dunyo va oxiratingizni isloh etuvchi omillar bilan tanishtirishni, halol va harom borasida oldingi oʻtgan paygʻambarlarning yoʻllariga, oliyjanob xulqlariga, maqbul va manzur siyratlariga yoʻllashni hamda masiyatdan toat sari burishni istaydi. Alloh bandalarining ahvolini isloh etuvchi omillarni biladigan hamda har bir shariati va tadbirini hikmat bilan qiladigan Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 25 Keyingi An-Nisa • Oyat 27