Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 25 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 25 • Oʻzbekcha


وَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ مِنْكُمْ طَوْلًا أَنْ يَنْكِحَ الْمُحْصَنَاتِ الْمُؤْمِنَاتِ فَمِنْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ مِنْ فَتَيَاتِكُمُ الْمُؤْمِنَاتِ ۚ وَاللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَانِكُمْ ۚ بَعْضُكُمْ مِنْ بَعْضٍ ۚ فَانْكِحُوهُنَّ بِإِذْنِ أَهْلِهِنَّ وَآتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ بِالْمَعْرُوفِ مُحْصَنَاتٍ غَيْرَ مُسَافِحَاتٍ وَلَا مُتَّخِذَاتِ أَخْدَانٍ ۚ فَإِذَا أُحْصِنَّ فَإِنْ أَتَيْنَ بِفَاحِشَةٍ فَعَلَيْهِنَّ نِصْفُ مَا عَلَى الْمُحْصَنَاتِ مِنَ الْعَذَابِ ۚ ذَٰلِكَ لِمَنْ خَشِيَ الْعَنَتَ مِنْكُمْ ۚ وَأَنْ تَصْبِرُوا خَيْرٌ لَكُمْ ۗ وَاللَّهُ غَفُورٌ رَحِيمٌ 25
Tarjima:
Sizlardan kim hur mo`minalarni nikohiga olishga imkon topmasa, qo`lingizda mulk bo`lgan mo`mina qizlaringizdan (uylansin). Alloh iymoningizni biluvchi Zotdir. Hammalaringiz birsiz. Ularni nikohingizga ahllarining izni ila oling. Va yaxshilik bilan mahrlarini bering. Ular pokiza, zinokor emas va o`ynash tutmagan bo`lsinlar. Erga tekkanlaridan so`ng fohisha ish qilsalar, ularga hur ayollarga beriladigan azobning yarmi beriladir. Bu buzilishdan qo`rqqanlar uchundir. Sabr qilmog`ingiz siz uchun yaxshidir. Alloh mag`firatli va rahimlidir. An-Nisa 4:25
Tafsir:
Ey erkaklar, kim kambagʻalligi tufayli hur ayolga uylanishga imkon topmasa, choʻrilarga uylanishi ham mumkin. Ular koʻzingizga moʻminadek koʻrinsa, albatta. Dillaridagi yashirin oʻylarini, iymonlari bor-yoʻqligini Alloh bilguvchiroq. Din va insoniylikda siz ham, ular ham bir. Shunday ekan, ularga uylanishdan or qilmanglar. Xojalarining izni bilan uylanaveringlar va mahrlarini oʻz vaqtida toʻla-toʻkis qilib beringlar. Ularga uylanishingiz uchun ular pokdomon boʻlishlari, zinokor boʻlmasliklari, xufyona oʻynashlari boʻlmasligi lozim. Erga tekkanlaridan keyin zino qilsalar, ularga hur ayolga beriladigan jazoning yarmi beriladi. Ellik darra uriladilar, toshboʻron qilinmaydilar. Pokdomon choʻrilarga uylanishga ruxsat etilishi hur qiz-ayolga uylanishga qurbi yetmaydigan kambagʻallarning zinoga qadam bosishdan xavfsirayotganlari sababidandir. Aslida farzandlar ham qul boʻlib tugʻilmasligi uchun sabr qilib, choʻriga uylanmay turgan yaxshiroq. Alloh tavba qilgan bandasini kechirguvchi Zotdir. Hurga uylanishga qurbi yetmagani tufayli zino qilib qoʻyishdan xavfsirayotgan kambagʻalning choʻriga uylanishiga ruxsat etilishi ham Allohning bir marhamatidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 24 Keyingi An-Nisa • Oyat 26