Ota-ona va qarindoshlar qoldirgan narsaga har bir kishi uchun merosxo`rlar qildik. Qasamingiz ila bog`langanlarga nasibasini bering. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir. An-Nisa 4:33 ⧉
Tafsir:
Har biringiz uchun asabalar qildik. Asaba odamning yaqinlari, qarindoshlari, qavmi kabi har jihatdan himoya qiladigan kishilardir. Faroiz - meros fanida asaba ulush oluvchilardan qolganini oladigan odam. Asabalar ota-ona va qarindoshlardan qolgan merosdan bahramand boʻladilar. Xuddi asabadek bir-biringizni qoʻllab-quvvatlashga ittifoq tuzib ahdlashgan odamlaringizga ham merosdan nasiba bering. Alloh har narsaga, jumladan, ahdu paymoningizga ham shohiddir. Bunday ahdu paymon bilan oʻzaro bir-biridan meros olish Islomning dastlabki davrlarida boʻlgan. Keyinroq bu hukm bekor qilingan.