Landscape MP4 Vertical MP4

Sura An-Nisa — Oyat 34 (Oʻzbekcha) — Video

An-Nisa • Oyat 176 dan 34 • Oʻzbekcha


الرِّجَالُ قَوَّامُونَ عَلَى النِّسَاءِ بِمَا فَضَّلَ اللَّهُ بَعْضَهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ وَبِمَا أَنْفَقُوا مِنْ أَمْوَالِهِمْ ۚ فَالصَّالِحَاتُ قَانِتَاتٌ حَافِظَاتٌ لِلْغَيْبِ بِمَا حَفِظَ اللَّهُ ۚ وَاللَّاتِي تَخَافُونَ نُشُوزَهُنَّ فَعِظُوهُنَّ وَاهْجُرُوهُنَّ فِي الْمَضَاجِعِ وَاضْرِبُوهُنَّ ۖ فَإِنْ أَطَعْنَكُمْ فَلَا تَبْغُوا عَلَيْهِنَّ سَبِيلًا ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيًّا كَبِيرًا 34
Tarjima:
Alloh ba'zilarini ba'zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar. Soliha ayollar — itoatkor va Allohning hifzi-himoyasi bo`yicha g`oyib (er)larining muhofazasini qiluvchilardir. Bosh ko`tarishlaridan xavf qilingan ayollarga va'z-nasihat qiling, yotoqlarida hijron qiling va uring. Agar itoat qilsalar, ularga qarshi boshqa yo`l axtarmang. Albatta, Alloh yuksak maqomli buyuk Zotdir. An-Nisa 4:34
Tafsir:
Erkaklar ayollarni boshqaradilar. Chunki Alloh ularni shunday fazl-iqtidor bilan yaratgan va ular oilani tebratish uchun oʻz mol-mulklaridan sarflaydilar. Yaxshi ayollar Parvardigoriga itoat etadigan, erlariga boʻysunadigan, erlari yoʻq paytida Allohning tavfiqi bilan oʻz iffatlarini ham, erlarining mol-mulkini ham asrab-avaylaydigan ayollardir. Xotinlarning soʻz yo amalda erlariga itoatsizlik qilish xavfi tugʻilsa, avvalo ularga pand-nasihat qilib, Allohdan taqvo qilishini tayinlanglar. Quloq solmasalar, yotoqda ularga ters oʻgirilib yotinglar va qovushmanglar. Shunda ham oʻnglanmasalar, beozorgina uringlar. Qayta itoat qila boshlasalar, ularni koyish va zulm bilan tajovuz qilmanglar. Alloh har narsadan Oliy va Oʻz zoti va sifatlarida Buyuk Zotdir. Undan qoʻrqinglar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi An-Nisa • Oyat 33 Keyingi An-Nisa • Oyat 35