Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 35 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 35 • Oʻzbekcha


وَإِنْ خِفْتُمْ شِقَاقَ بَيْنِهِمَا فَابْعَثُوا حَكَمًا مِنْ أَهْلِهِ وَحَكَمًا مِنْ أَهْلِهَا إِنْ يُرِيدَا إِصْلَاحًا يُوَفِّقِ اللَّهُ بَيْنَهُمَا ۗ إِنَّ اللَّهَ كَانَ عَلِيمًا خَبِيرًا 35
Tarjima:
Agar ikkovlarining oralari buzilishidan qo`rqsangiz, erning ahlidan bir hakam va xotinning ahlidan bir hakam ajrating. Agar ular islohni iroda qilsalar, Alloh er-xotinning orasini muvofiqlashtirur. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor Zotdir. Niso 4:35
Tafsir:
Ey er-xotinning valiylari, agar oʻrta buzilib, oraga adovat tushib qolish xavfi tugʻilsa, er tarafidan bir adolatli odamni, xotin tarafidan ham xuddi shunday bir odamni hakamlikka chaqiringlar. Toki, ular muhokama qilib, ajrashgan maqulmi yoki yarashgan maqulmi, aniqlasinlar. Yarashgan maqulroq, albatta. Har ikki hakam eng maqul uslubni, yani, yarashtirishni istasalar, Alloh oʻrtadagi kelishmovchilikni bartaraf etib, er-xotinni inoqlashtirib qoʻyadi. Bandalarning biron ishi Allohdan yashirin qolmaydi. Alloh dillarning tubidagi niyatlarni ham Bilguvchidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 34 Keyingi Niso • Oyat 36