Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 36 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 36 • Oʻzbekcha


وَاعْبُدُوا اللَّهَ وَلَا تُشْرِكُوا بِهِ شَيْئًا ۖ وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَانًا وَبِذِي الْقُرْبَىٰ وَالْيَتَامَىٰ وَالْمَسَاكِينِ وَالْجَارِ ذِي الْقُرْبَىٰ وَالْجَارِ الْجُنُبِ وَالصَّاحِبِ بِالْجَنْبِ وَابْنِ السَّبِيلِ وَمَا مَلَكَتْ أَيْمَانُكُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَا يُحِبُّ مَنْ كَانَ مُخْتَالًا فَخُورًا 36
Tarjima:
Va Allohga ibodat qilinglar va Unga hech narsani shirk keltirmanglar. Ota-onaga, qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yaqin qo`shnilarga, yon qo`shnilarga, yonboshdagi sohiblarga, ko`chada qolganlarga va qo`lingizda mulk bo`lganlarga yaxshilik qilinglar. Albatta, Alloh o`zini yuqori tutuvchilarni va odamlar ustidan faxr qiluvchilarni xush ko`rmas. Niso 4:36
Tafsir:
Yolgʻiz Allohgagina bandalik qilingiz, boʻysuningiz. U Zotdan boshqa hech kimga, hech narsaga qullik qilmangiz. Ota-ona va qarindoshlarga, yetim va faqirlarga, qarindosh qoʻshni va yot qoʻshniga, yoningizdagi hamrohingiz va gʻarib musofirga, qoʻl ostingizdagi qul va choʻrilaringizga yaxshilik qilingiz. Ota-onaga yaxshilik qilish, ularga izzat-ikrom koʻrsatish bilan boʻladi. Alloh oʻziga bino qoʻygan, oʻzini odamlardan ustunligini koʻrsatish uchun maqtaydigan mutakabbirni yoqtirmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 35 Keyingi Niso • Oyat 37