Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 37 • Oʻzbekcha


الَّذِينَ يَبْخَلُونَ وَيَأْمُرُونَ النَّاسَ بِالْبُخْلِ وَيَكْتُمُونَ مَا آتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ ۗ وَأَعْتَدْنَا لِلْكَافِرِينَ عَذَابًا مُهِينًا 37
Tarjima:
Ular baxillik qiladigan, odamlarni baxillikka buyuradigan va Alloh ularga O`z fazlidan bergan narsalarni berkitadiganlardir. Va kofirlarga xorlovchi azobni tayyorlaganmiz. Niso 4:37
Tafsir:
Alloh kimlarni yoqtirmaydi? Oʻzlari ham Alloh bergan rizqdan infoq-ehson qilib, boʻynidagi burchini ado etmaydigan, oʻzgalarni ham shunday qilishga chorlaydigan, Alloh Oʻz fazlu marhamati ila ato etgan mol-davlat, ilm va boshqa nematlarni yashiradigan, odamlarga haqiqatni aytmasdan, botilni haq qilib koʻrsatadigan kimsalarni yoqtirmaydi. Bu xislatlar kufrga xos xislatlardir. Biz kofirlarga xor qiluvchi azobni tayyorlab qoʻyganmiz.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 36 Keyingi Niso • Oyat 38