Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirsalar, Alloh ularga rizq qilib bergan narsadan nafaqa qilsalar, ularga nima zarar bo`ladir? Alloh ularni yaxshi biluvchi Zotdir! An-Nisa 4:39 ⧉
Tafsir:
Allohga va qiyomat kuniga chin dildan iymon keltirib, mollarini chin ixlos bilan Alloh yoʻlida infoq-ehson qilganlarida ularga qanday zarar kelardi? Hech qanday zarar kelmas edi. Aksincha, faqat va faqat foyda boʻlardi. Alloh ularni koʻrib-bilib turgan Zotdir. U Zotdan hech narsa yashirin emas va yaqinda ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofotlarini beradi.