Alloh sizning dushmanlaringizni biluvchi Zotdir. Valiylikka Allohning O`zi kifoya qilur. Nusrat beruvchilikka Allohning O`zi kifoya qilur. An-Nisa 4:45 ⧉
Tafsir:
Ey moʻminlar, dushmanlaringizni sizlardan koʻra Alloh yaxshiroq biladi. U Zot sizlarga ular haqida xabar berib, adovatlarini bayon qildi. Gʻanimlar zoʻravonligidan asrab-avaylaydigan doʻst sifatida ham, ularning nayranglari va ozorlaridan himoya qilib, ular ustidan gʻalaba qozontiradigan madadkor sifatida ham sizlarga Allohning Oʻzi yetarlidir.