Yahudiy bo`lganlardan kalimalarni o`z joyidan buzib o`zgartiruvchilar bor. Ular tillarini burib va dinga ta'na yetkazib: «Eshitdik va isyon qildik, eshit, eshitmay qolgur va «Roina» derlar. Agar ular, eshitdik, va itoat qildik, eshit va bizga nazar sol, deganlarida, albatta, o`zlariga yaxshi va to`g`ri bo`lar edi. Lekin Alloh ularni kufrlari sababli la'natladi. Bas, ozginalaridan boshqalari iymon keltirmaslar. An-Nisa 4:46 ⧉
Tafsir:
Yahudiylar orasida shunday tubanlari borki, ular Alloh nozil qilgan kalomni oʻzgartiradilar, Alloh nozil qilganidan boshqacha tavil qiladilar. Paygʻambar alayhissalom ularni bir ishga buyursalar: "Gapingni eshitdik, amringdan bosh tortdik", deydilar. Masxara qilishib: "Quloq sol, eshitmay qolgur", deydilar. Yana bir tafsirda: "Biz senga emas, sen bizga quloq sol", deyishadi. Tillarini burib: "Roino", deydilar. Bu soʻz omonim-shakldosh soʻz boʻlib, ikki xil manoni anglatadi. Birinchi manosi shuki, u "roi" va "no" soʻzlaridan iborat boʻlib, "bir-birimizga quloq solaylik", degan manoni anglatadi. Ikkinchi manosi esa "valdirovchi, ogʻziga kelganini gapiruvchi"dir. Yana bu soʻz ularning tillarida haqorat manosini ham anglatadi. Ular tillarini burib, xuddi birinchi manoni aytayotgandek boʻladilaru, aslida maqsadlari ikkinchi manoni aytish va oʻzlarining tillaridagi haqorat manosini nazarda tutish, shu bilan Paygʻambar alayhissalomni duoyibad qilish, dinga zarba berish boʻladi. "Amringdan bosh tortdik", deyish oʻrniga: "Itoat etdik" deganlarida, "Biz senga emas, sen bizga quloq sol", deyish oʻrniga, "Gapir, qulogʻimiz senda", deyishganida, oʻz tillaridagi haqorat manosini anglatuvchi "Roina" soʻzini aytish oʻrniga: "Bizga ham qara, etibor qil", deganlarida edi, oʻzlariga yaxshiroq va toʻgʻriroq boʻlardi. Ana shunda Paygʻambar alayhissalomga munosib odob bilan muomala qilgan boʻlardilar. Lekin afsuski, kofirliklari tufayli Alloh ularni lanatladi va Oʻz rahmatidan badargʻa qildi. Endi ular foydali iymonga noil boʻla olmaydilar.