Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 5 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 5 • Oʻzbekcha


وَلَا تُؤْتُوا السُّفَهَاءَ أَمْوَالَكُمُ الَّتِي جَعَلَ اللَّهُ لَكُمْ قِيَامًا وَارْزُقُوهُمْ فِيهَا وَاكْسُوهُمْ وَقُولُوا لَهُمْ قَوْلًا مَعْرُوفًا 5
Tarjima:
Alloh (hayotingizni) turg`izish (vositasi) qilgan mollaringizni esi pastlarga bermang. Ularni o`sha mollardan rizqlantiring, kiyintiring va ularga yaxshi so`zlar ayting. Niso 4:5
Tafsir:
Ey valiylar - yetimlarni otaliqqa olganlar, mol-davlatni toʻgʻri tasarruf qila olmaydigan aqlsizlarga mollarni berib qoʻymangiz. Zero, Alloh bu mollarni bandalarning manfaatlariga va tirikchilik ishlariga xizmat qiladigan vosita qilgan. Aqlsizlar esa mollarni shu ishlarga sarflashni ham, asrab-avaylashni ham bilmaydilar. Yaxshisi, ular uchun oʻzlaringiz sarf-xarajatlarini qilib bering, yedirib-kiydiring va yaxshi gapiring. Balogʻatga yetib, mol-davlatni toʻgʻri ishlata oladigan boʻlganlaridan keyingina ularga mollarini qaytarib bering.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 4 Keyingi Niso • Oyat 6