Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Niso — Oyat 6 (Oʻzbekcha) — Video

Niso • Oyat 176 dan 6 • Oʻzbekcha


وَابْتَلُوا الْيَتَامَىٰ حَتَّىٰ إِذَا بَلَغُوا النِّكَاحَ فَإِنْ آنَسْتُمْ مِنْهُمْ رُشْدًا فَادْفَعُوا إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ ۖ وَلَا تَأْكُلُوهَا إِسْرَافًا وَبِدَارًا أَنْ يَكْبَرُوا ۚ وَمَنْ كَانَ غَنِيًّا فَلْيَسْتَعْفِفْ ۖ وَمَنْ كَانَ فَقِيرًا فَلْيَأْكُلْ بِالْمَعْرُوفِ ۚ فَإِذَا دَفَعْتُمْ إِلَيْهِمْ أَمْوَالَهُمْ فَأَشْهِدُوا عَلَيْهِمْ ۚ وَكَفَىٰ بِاللَّهِ حَسِيبًا 6
Tarjima:
Yetimlarni to nikoh(yoshi)ga yetgunlaricha sinab turinglar. Agar ularning es-hushi joyida ekanini bilsangiz, ularga o`z mollarini topshiring. U mollarni isrof ila va egalarining katta bo`lib qolishidan qo`rqib shoshilib yemang. Boy bo`lganlar iffatli bo`lsinlar. Kim kambag`al bo`lsa, to`g`rilik bilan yesin. Ularga o`z mollarini topshirayotganingizda guvohlar keltiring. Hisobchilikka Allohning O`zi kifoya qilur. Niso 4:6
Tafsir:
Ey valiylar - otaliqqa olganlar, yetimlar balogʻat yoshiga yetganlarida ularga ozgina mol berib sinab koʻringlar. Toʻgʻri tasarruf qila olsalar, shu borada toʻgʻri yoʻlni topib olganlari sizlarga ayon boʻlsa, mollarini oʻzlariga qaytarib beringlar. Toʻla qaytaringlar, kamaytirmanglar. Alloh belgilab qoʻygan hadlardan oshib, ularning mollarini yemanglar. Balogʻatga yetib qolsa, qaytarib oladi, ungacha yeb olay, deb shoshilib ham yemanglar. Kim boy boʻlsa, oʻziniki oʻziga yetarli boʻlsa, yetimning moliga tegmasin. Kim kambagʻal boʻlsa, ehtiyojiga yarasha yesin. Balogʻat yoshiga yetib, oʻz yoʻlini topib olgani ayon boʻlib, mollarini qaytarib berayotganingizda guvohlar chaqiringlar. Toki, huquqlar saqlansin, ixtilof oldi olinsin. Bu ishga guvoh boʻlishga va bandalarining amallarini hisob-kitob qilishga Allohning Oʻzi yetarlidir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Niso • Oyat 5 Keyingi Niso • Oyat 7