Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada erkaklarning nasibasi bor. Ota-onalar va qarindoshlar qoldirgan narsada ayollarning nasibasi bor. U oz bo`lsin, ko`p bo`lsin — farz qilingan nasibadir. Niso 4:7 ⧉
Tafsir:
Ota-ona va qarindoshlar - aka-ukalar, amakilar qoldirib ketgan merosda ozdir, koʻpdir, erkaklarning ham ayollarning ham oʻz ulushi bordir. Johiliyat davrida ayollar va goʻdaklar merosdan mahrum edilar. Bu ulush Alloh taolo tarafidan farz qilingan muayyan miqdordir.