Agar sizga Allohdan fazl yetsa, xuddi siz bilan uning orasida do`stlik bo`lmagandek, «Qani endi, men ham ular bilan bo`lganimda, ulug` zafar qozonar edim», deydi. An-Nisa 4:73 ⧉
Tafsir:
Ey musulmonlar, Alloh sizlarga fazlu marhamat koʻrsatib, gʻalaba yo oʻljaga erishsangiz, anavi jangdan orqada qolganlar xuddi oʻzi sizlardan emasdek, sizlar bilan oldin tanish ham, doʻst ham boʻlmagandek: "Ular bilan birga jangga borib, ulardek gʻalaba va oʻljalarni qoʻlga kiritsam qaniydi", deb qolishi muqarrar.